TOShKENT, 11-may — Sputnik. Toshkent shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan jahon chempionati yarim finaliga eng ko‘p O‘zbekiston bokschilari yetib keldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Musobaqada chorak final bahslari yakunlandi va medalchilar nomi ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 9 nafar bokschi bilan yarim finalga qadar yetib keldi. Kuba va Rossiya 6 nafar, Qozog‘iston esa 5 nafar bokschi bilan final yo‘llanmasi uchun kurashadi.
Yarim finalchilarga ega mamlakatlar ro‘yxati:
O‘zbekiston – 9;
Kuba, Rossiya – 6;
Qozog‘iston – 5;
Fransiya, Gruziya, Hindiston, Ispaniya – 3;
Armaniston, Ozarbayjon, Braziliya, Mo‘g‘uliston – 2;
Xitoy, Italiya, Iordaniya, Qirg‘iziston, Meksika, Tojikiston – 1.
11 may kuni yarim final, 12-14 may kunlari final janglari o‘tkaziladi.