TOShKENT, 11-may — Sputnik. AQShda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan defolt butun dunyoga qiyinchiliklar bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda Amerika prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkdagi tadbirda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Agar bizda qarzimiz bo‘yicha defolt bo‘lsa — butun dunyo muammoga duch keladi", - dedi Oq uy rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi inqiroz respublikachilar tomonidan yaratilgan, chunki AQSh o‘z qarzlarini to‘lash imkoniyatiga ega. Uning ta’kidlashicha, defolt bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti tanazzulga yuz tutadi va Vashingtonning xalqaro obro‘si katta zarar ko‘radi.
AQSh Moliya vazirligi yanvar oyida Kongressni milliy qarzning 31,381 trln dollarlik chegaraga erishishi munosabati bilan "favqulodda choralar" boshlangani haqida xabar bergan edi. Oq uy Kongressdan hech qanday shartlarsiz bu raqamni oshirishni talab qildi.
O‘z navbatida, respublikachi muxolifat nazoratidagi vakillar palatasi bu qadamni budjet xarajatlarini qisqartirish bilan bog‘lamoqda.
Avvalroq Moliya vaziri Janet Yellen davlat qarzi bo‘yicha qaror qabul qilinmasa ehtimol 1-iyungacha, hukumat o‘z majburiyatlarini bajarishda davom eta olmasligi haqida ogohlantirgan edi.