TOShKENT, 10-may — Sputnik. AQSh Turkiyada bo‘lib o‘tajak prezident saylovi jarayoniga aralashishga urinmoqda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Suleyman Soylu ma’lum qildi.
“AQSh rejalari (saylovlarga aralashishga oid) faollashmoqda. Shu sabab G‘arb matbuotining AQSh rejasini amalga oshirish uchun aralashishi kuzatilmoqda”, - dedi Soylu. Uning so‘zlaridan “Milliyet” gazetasi iqtibos keltirgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb Turkiya siyosiy tizimiga 1960-yildan keyin kirgan, biroq amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdog‘an bundan xalos bo‘lishning uddasidan chiqqan.
“2023 yilgi saylovlardagi g‘alabamizdan boshlab respublikada yuz yillik barqarorlik boshlanadi”, - dedi u.
Turkiyada 14-may kuni prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Prezident saylovida to‘rt nomzod qatnashmoqda. Davlat rahbari kursisi uchun asosiy kurash Erdog‘an va muxolifat yetakchisi Kemal Qilichdaro‘g‘li o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.