O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Siyosiy partiyalar prezidentlikka nomzod ko‘rsatadigan sana ma’lum qilindi

MSK: Siyosiy partiyalar 17-may 1-iyun oralig‘idagi davrda prezidentlikka nomzod ko‘rsatishadi. Ularni ro‘yxatga olish 6-iyun kuni yakunlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Siyosiy partiyalar 17-may 1-iyun oralig‘idagi davrda prezidentlikka nomzod ko‘rsatishlari kerak. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, siyosiy partiyalar 15 maygacha saylovda ishtirok etish uchun MSKga hujjatlar taqdim etishi kerak.
Siyosiy partiyalar tomonidan prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga olish haqidagi hujjatlarni MSKga taqdim etish 2 iyunda yakunlanadi.

"Siyosiy partiyalar 17-may 1-iyun oralig‘idagi davrda prezidentlikka nomzod ko‘rsatishadi. Ularni ro‘yxatga olish 6-iyun kuni yakunlanadi", - deydi Qo‘chqorov.

Qayd etilishicha, okrug saylov komissiyalari 21-maygacha, siyosiy partiyalar esa 8-iyungacha moliyalashtiriladi.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekistonda 5 ta siyosiy partiya, xususan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston ekologik partiyasi bor.
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezident saylovi o‘tkaziladi - Mirziyoyev