Parijda namoyish etilgan O‘zbekiston muzeylari sara to‘plamlarini onlayn ko‘rish mumkin

Ko‘rgazmada O‘zbekiston muzeylari sara to‘plamlari bisotidagi 130 dan ortiq buyumlar taqdim etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Parijning Luvr muzeyida yakuniga yetgan “O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasining elektron platformasi yaratildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston muzeylari sara to‘plamlari bisotidagi 130 dan ortiq buyumlar taqdim etildi. Unga 260 mingdan ortiq san’at ixlosmandlari tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi “O‘zbekiston-360” bilan birgalikda mazkur ko‘rgazmaning elektron platformasi yaratildi. Unda ko‘rgazmada ishtirok etgan barcha eksponatlar bilan tanishish mumkin.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5