O‘zbekiston xorijga poyabzal eksportini oshirdi

O‘zbekiston yanvar-mart oylarida xorijga 10,2 mln dollarga teng bo‘lgan oyoq kiyim eksport qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekiston shu yilning yanvar-mart oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga oyoq kiyim eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston yanvar-mart oylarida 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 10,2 mln dollarga teng bo‘lgan 5,7 mln juft oyoq kiyim eksport qilgan.
Oyoq kiyimlar eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,9 mln dollarga oshgan.
O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 2,4 mln juft;
Qirg‘iziston – 2 mln juft;
Tojikiston – 1 mln juft;
Rossiya – 135 ming juft.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 2 oyida xorijiy davlatlarga eng ko‘p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar ichida Andijon (4,6 mln) va Farg‘ona viloyatlari (1,0 mln) yetakchilik qilgan.