TOShKENT, 10-may — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlat rahbarlarining Moskvadagi G‘alaba paradiga kelishi ularning mamlakatlarida tarixiy xotirani saqlab qolish uchun siyosiy iroda mavjudligidan dalolat beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Kecha MDH davlat rahbarlarining paradda ishtirok etishi ularning mamlakatlarida ham bu xotirani saqlash uchun siyosiy iroda va jamoatchilik irodasi borligini ko‘rsatadi. Biz bu xotirani dunyoning barcha xalqlariga, hech bo‘lmaganda, real ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun olib boramiz”, — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, Moskvadagi G‘alaba paradida Armaniston, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston yetakchilari ishtirok etdi.