Donald Tramp jurnalist ayolni zo‘rlashga urinishda aybdor deb topildi

AQSh sudi Donald Trampni jurnalist Jin Kerrollni zo‘rlashga urinishda aybdor deb topdi – CNN.
Sputnik
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Nyu-york sudi Donald Trampni jurnalist Jin Kerrollni zo‘rlashga urinishda aybdor deb topdi.
Sud da’voni hal qilish doirasida jabrlanuvchiga 2 million dollar to‘lashga, shuningdek, ayolga tuhmat va obro‘siga putur yetkazgani uchun yana 3 million dollar tovon to‘lash bo‘yicha hukm chiqardi.
Tramp hukmni sharmandalik va “barcha zamonlardagi eng katta jodugar ovining davomi” deb atadi.
Jin Kerroll sobiq AQSh prezidentini 1996-yilning bahorida Manxetten markazidagi Beshinchi avenyudagi hashamatli Bergdorf Gudman do‘konining kiyinish xonasida zo‘rlaganlikda aybladi. Da’vo 2022-yil noyabr oyida berilgan. O‘sha oyda Tramp 2024-yilda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.
Jurnalist Jin Kerrol 2022-yil noyabr oyida AQShning Nyu-York shtatida kuchga kirgan yangi qonun bo‘yicha sudga murojaat qildi. Ushbu qonunga ko‘ra, jinsiy zo‘ravonlik qurboni uzoq muddat avval sodir etilgan jinoyatlar uchun ham sudga murojaat qilishi mumkin.