TOShKENT, 10-may — Sputnik. Bugun Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatining chorak finalida ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.
Xasanboy Dusmatov
© Federatsiya boksa Uzbekistana
Hasanboy Do‘smatov JCh chorak finalida yaponiyalik raqibga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi. Do‘smatov -51 kg vazn toifasining amaldagi chempioni yaponiyalik Tomoya Suboini mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Xasanboy Dusmatov
© Federatsiya boksa Uzbekistana
Milliy olimpiya qo‘mitasi ma’lum qilishicha, jahon chempionatining chorak final janglari yuqori notada boshlandi.
Xasanboy Dusmatov
© Federatsiya boksa Uzbekistana