G‘alaba kuni

Toshkentda Urush qurbonlari xotirasi yod olindi – foto, video

Toshkentda G‘alaba kuni munosabati bilan “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasida gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasidagi Mangu alanga va Noma’lum askar qabriga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Toshkentda G‘alaba kuni munosabati bilan “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasida gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Seremoniya vozlojeniya svetov v k Vechnomu ognyu i mogile Neizvestnogo Soldata v memorialnom komplekse "Bratskie mogili" v Tashkente.
Tadbirda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan birga MDH va boshqa bir qator davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Seremoniya vozlojeniya svetov v k Vechnomu ognyu i mogile Neizvestnogo Soldata v memorialnom komplekse "Bratskie mogili" v Tashkente.
Ishtirokchilar bu yerda dafn etilgan askar va ofitserlarga hurmat bajo keltirish uchun yodgorlik oldiga kelishdi. Ular Mangu olov yoniga gul qo‘ydi va Ulug‘ Vatan urushi qurbonlarining xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Seremoniya vozlojeniya svetov v k Vechnomu ognyu i mogile Neizvestnogo Soldata v memorialnom komplekse "Bratskie mogili" v Tashkente.
Bu yerda 1399 nafar askar va ofitserning, jumladan, Ulug‘ Vatan urushi yillarida Toshkent shahrida joylashgan gospitallarda halok bo‘lgan 27 nafar Sovet Ittifoqi Qahramonlarining jasadi dafn etilgan.