O‘zbekistonda Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligi nishonlanadi

Uchrashuvda Ozarbayjon xalqi umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligini O‘zbekistonda keng nishonlash bo‘yicha tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bobur Usmanov kecha Ozarbayjon elchisi Gusayn Guliyevni qabul qildi. Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda Ozarbayjon xalqi umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligini O‘zbekistonda keng nishonlash bo‘yicha tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, 10-may kuni taniqli siyosat va jamoat arbobi Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligi nishonlanadi.