G‘alaba kuni

Moskvadagi G‘alaba paradi qachon boshlanadi?

G‘alaba paradi O‘zbekiston vaqti bilan esa soat 12:00da boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Bugun Moskvada G‘alabaning 78-yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tadi. Hozirda G‘alaba paradi arafasida Moskvaga harbiy texnika kirib kelmoqda.
G‘alaba paradi Moskva vaqti bilan soat 10:00, O‘zbekiston vaqti bilan esa soat 12:00da boshlanadi.
Unda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston yetakchilari ham ishtirok etadi.
G‘alaba paradini O‘zbekiston vaqti bilan soat 12:00da Sputnik sayti va uning ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib borish mumkin.