Mirziyoyev, Putin va boshqa davlat yetakchilari noma’lum askar qabriga gul qo‘yishdi — video

Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradida ishtirok etgan prezidentlar noma’lum askar qabriga gul qo‘yishdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va boshqa davlatlar yetakchilari Qizil maydondagi G‘alaba paradidan so‘ng, noma’lum askar qabriga gul qo‘yishdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Moskvada G‘alabaning 78-yilligiga bag‘ishlangan parad bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Belarus, Armaniston yetakchilari ishtirok etdi.