TOShKENT, 9-may — Sputnik. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov g‘alaba qozondi.
Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (-51 kg) uchinchi bosqichda kubalik Erislan Romero bilan jang qilib, chiroyli g‘alabaga erishdi. Do‘smatov 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Jahon chempionatida bokschilarga tobora jiddiy raqiblar ro‘baro‘ kelishni boshladi. Bu Kuba jamoasi uchun musobaqadagi birinchi yo‘qotish", deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.