TOShKENT, 9-may — Sputnik. Kecha Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida debut qilgan Oybek Jo‘rayev (-54 kg) bugun ikkinchi bosqich doirasida ringga ko‘tarildi.
O‘zbekiston vakili bo‘lgan Oybek Jo‘rayev albaniyalik Ariol Zeneliga qarshi bahs olib bordi. Jo‘rayev jangda navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Bugun yana ikki nafar O‘zbekiston vakili ringga ko‘tariladi.