Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023

Boks bo‘yicha JCh: O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi eng yosh bokschi chorak finalga chiqdi

-75 kg vazn toifasida jang qilgan A’loxon Abdullayev serbiyalik Almir Mimich ustidan g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Toshkentda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kunini O‘zbekiston vakillari yuqori kayfiyatda yakunladi.
-75 kg vazn toifasida jang qilgan A’loxon Abdullayev serbiyalik Almir Mimich ustidan g‘alaba qozondi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi eng yosh bokschi debut jahon chempionatida chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.