Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘ladi – Xitoy TIV

18-19 may kunlari Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpining taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma’lum qildi.

“Rais Si Szinpining taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-20 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘lishadi”, - deyilgan xabarda.

Tashrif davomida Markaziy Osiyo rahbarlari 18-19 may kunlari Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Ganni qabul qilgani va Xitoyga bo‘lajak davlat tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rish muhimligini ta’kidlagani xabar qilingan edi.