O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023

Saylov kodeksi muddatidan ilgari saylovlar to‘g‘risidagi moddalar bilan to‘ldirildi

Urna golosovaniya
Prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezident saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda ikki oy ichida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Prezident “O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
Saylov kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar Viloyat, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas;
prezident muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda, saylov ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi. Bunda saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi;
Qonunchilik palatasini prezident tarqatib yuborgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 3 oy ichida o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 2 oy ichida o‘tkaziladi;
Senat prezidenti tomonidan tarqatib yuborilgan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 3 oy ichida o‘tkaziladi.
Senat tomonidan o‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, Senat a’zolarining saylovi ushbu kodeksga to‘liq muvofiq holda 1 oy ichida o‘tkaziladi.