TOShKENT, 8-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashdi. Bu haqda Rossiya rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
Peskovning aniqlik kiritishicha, ikki davlat prezidentlari suhbati Kremlda bo‘lib o‘tgan.
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Moskva shahridagi Vnukovo aeroportida davlati rahbarini Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga O‘zbekiston yetakchisi Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Tadbirlarda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Armaniston yetakchilari ham qatnashishi kutilmoqda.