O‘zbekistonlik baxshi Gran-pri sohibi bo‘ldi

Gulistonda eng zo‘r baxshilar mukofotlandi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. 6-8 may kunlari Guliston shahrida III xalqaro baxshilar festivali bo‘lib o‘tdi, unda faol ishtirok etgan baxshilar mukofotlandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Festivalda faol baxshilar tantanali ravishda mukofotlandi.
O‘zbekiston vakili Ilhom Norov Gran-pri sohibi bo‘ldi. O‘zbekistonlik baxshiga 7000 dollar pul mukofoti berildi.
1-o‘ringa Qirg‘iziston vakili Risbay Isakov, Rossiya vakili Samdam Aris, O‘zbekiston vakili Salamat Ayapov, Turkmaniston vakili Daraktiy Sariyev loyiq ko‘rildi. Ularning har biri 2500 dollar bilan taqdirlandi.
2-o‘rin Bolgariya vakili Xeroslav Dmitrov, Hindiston vakili Sarvar Kamal, Gruziya vakili Nugzar Kavkaradze, O‘zbekiston vakili Rasulbek Abdurahmonovga nasib etdi. Ular 1750 dollarga ega chiqishdi.
Janubiy Koreya vakili Shi Ja Sun, Mo‘g‘uliston vakili Erdane Vayusun, Qozog‘iston vakili Serik Jaksikulov va O‘zbekiston vakili Dilmurod Gulmurodov 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ular 1250 dollar bilan taqdirlanishadi.
Shuningdek, festivalda faol baxshilar, milliy taomlar tayyorlash va eng faol tashkilotchilar ham esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.