G‘alaba kuni

Mirziyoyev Moskvadagi G‘alabaning 78-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot kotibi ma’lum qildi.
"Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi", - deyilgan xabarda.
Tadbirlarda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Armaniston yetakchilari ham qatnashishi kutilmoqda.