Ikkinchi Jahon urushi faxriylariga bepul aviachiptalar beriladi

Shuningdek, ularga hamrohlik qilayotgan fuqarolarga ham bepul aviachipta taqdim etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Ikkinchi Jahon urushi faxriylariga samolyotda uchish uchun bepul chipta beriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” xabar berdi.
Bunday chiptalar 7-maydan 15-mayga qadar Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslarga beriladi. Bepul aviachiptalar barcha ichki yo‘nalishlarga, O‘zbekistondan MDH davlatlariga, shuningdek, Gruziyaga borish va qaytish parvozlari uchun taqdim etiladi.
Shuningdek, ularga hamrohlik qilayotgan fuqarolarga ham bepul aviachipta taqdim etiladi.
Aviachiptaning amal qilish muddati - 1 oy. Bepul aviachipta olish uchun tegishli guvohnoma va harbiy biletni taqdim etish kerak.