TOShKENT, 8-may — Sputnik. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining sakkizinchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalarda -92 kg vazn toifasida qatnashayotgan Mullojonov bu gal gruziyalik Georgiy Tchiladzeni mag‘lub etdi.
Mullojonov 5-may kuni ilk jangini kolumbiyalik Marlo Xartadoga qarshi o‘tkazib, ishonchli g‘alabaga erishgan edi.