TOShKENT, 7-may — Sputnik. 6-8 may kunlari Guliston shahrida III Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Festivalda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan musiqachilar, baxshilar, oqin va ijrochilar ishtirok etmoqda. Xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Rossiya, Turkiya, Vengriya, Koreya, Yaponiya kabi 30 dan ortiq mamlakatlardan ishtirokchi va mehmonlar tashrif buyurgan.
Joriy yil festival uchinchi marotaba o‘tkazilmoqda. U 2019-yili ilk bor Termiz shahrida, 2021-yili Nukus shahrida o‘tkazilgan.