Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Volodin Kiyev rejimi tomonidan uyushtirilgan teraktlarning maqsadini aytdi

Volodin Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati ko‘plab suiqasdlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Kiyev rejimi tomonidan uyushtirilgan teraktlardan maqsad haqiqatni aytganlarni qo‘rqitish va yo‘q qilishdir, deydi Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin.
“Qonli Kiyev rejimi tomonidan teraktlar uyushtirilgan: harbiy muxbir Vladlen Tatarskiy, siyosatshunos Darya Duginaning o‘ldirilishi, Zaxar Prilepinning hayotiga suiqasd... Bu teraktlar haqiqatni aytganlarni qo‘rqitish va yo‘q qilishga qaratilgan edi”, - deb yozadi Volodin.
Volodinning ta’kidlashicha, Kiyev rejimi nafaqat jang maydonida, balki mafkuraviy jabhada ham Rossiyaga qarshi kurashda Vashingtonning quroliga aylandi.
“Rossiyaning kuchi jamiyatni birlashtirishda”, - dedi Volodin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington va Brussel “Rossiyani sevadigan, tarixni, milliy qadriyatlarni himoya qiladigan” jamoatchilik fikri yetakchilari bilan kurashish uchun hamma narsa qilmoqda.
Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati ko‘plab suiqasdlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lganini ta’kidladi.
“Bugun Ukrainada Kiyev terrorchi rejimini qoralovchi ovozlar tobora ko‘proq eshitilmoqda. Zelenskiy va uning tarafdorlari bunga har tomonlama qarshi kurashmoqda”, - dedi Volodin.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha rossiyalik yozuvchi Zaxar Prilepinning avtomobili Nijniy Novgorodda portlatilgan edi.