Toshkentda 9-may kuni mushakbozlik tashkil etiladi

Tadbir soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. 9-may kuni Toshkent shahrida mushakbozlik tashkil etiladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga respublika Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Tadbir soat 21:00 da “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkaziladi.
Shuningdek, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gulchambarlar qo‘yiladi.