O‘zbekiston yil boshidan buyon eng ko‘p Rossiyaga limon eksport qildi

Limon eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 681 tonnaga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 7 ta xorijiy davlatlarga qiymati 1,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,2 ming tonna limon eksport qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Limon eksporti 2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda 681 tonnaga oshgan.
2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyaga – 1,7 ming tonna limon eksport qilgan. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasiga 298 tonna, Qozog‘istonga 214 tonna limon eksport qilingan.