Uch oyda 54,7 mln dollarlik elektromobil import qilindi

Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1215 taga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 7-may — Sputnik. O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-mart oylarida 8 ta xorijiy davlatdan qiymati 54,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1668 dona elektromobil import qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumotlari darak bermoqda.
Elektromobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1215 taga oshgan.
O‘zbekiston 2023-yilning mart oyida xorijiy davlatlardan 882 dona elektromobil import qilgan.
3 oyda eng ko‘p Xitoydan – 1444 ta elektromobil import qilingan. Shuningdek, Gonkongdan 183 ta, Germaniyadan 27 ta, Koreyadan 6 ta, BAAdan 5 ta elektromobil import qilingan.