O‘zbekistonning qator viloyatlarida qor yog‘moqda — video

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Dehqonobod va Yakkabog‘, Jizzaxning Zomin tumanlarida tog‘li hududlarda qor yog‘di.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonning qator viloyatlarida qor yog‘moqda. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirgacha Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Dehqonobod va Yakkabog‘, Jizzaxning Zomin tumanlarida tog‘li hududlarda qor yog‘di.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun 2000 metrdan yuqori tog‘li hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi havo harorati +18…+23 darajagacha pasayadi, bu may oyining boshi uchun bo‘lgan meyordan 3−5 darajaga pastdir.