TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekiston va Kuvayt qator sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelib oldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Kuvaytning "Royal Mining Group" kompaniyasi raisi Iad Al-Solihni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va mazkur kompaniya o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, mamlakat iqtisodiyotiga Kuvayt investitsiyalarini jalb etishga alohida e’tibor qaratildi.
Tog‘-kon sanoati, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish materiallari sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.