TOShKENT, 6-may — Sputnik. Germaniya Rossiya Federatsiyasi bilan energetika sohasidagi hamkorlikka chek qo‘yib, samarali rivojlanish uchun yangi drayver topa olmadi. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“Rossiya bilan energetika sohasidagi hamkorlikka chek qo‘ygan Germaniya hukumati o‘z mamlakatini samarali rivojlantirish uchun drayver topa olmadi”, deb yozadi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Unga ko‘ra, mamlakat aholisining 50 foizdan ortig‘i Germaniyaning amaldagi kansleri Olaf Shols kabineti iste’foga chiqishi tarafdori.
Qolaversa, Medvedev kutganidek, nemis kasaba uyushmalari tez orada qo‘pol yo‘l bilan ish haqini oshirishga intiladilar, biznes esa o‘z omonligi uchun davlatdan subsidiyalarni “yolvoradi”.
Uning aytishicha, endi Germaniya neft, gaz, ko‘mir va o‘tin uchun Sibirga borolmaydi. AQSh, Norvegiya, Gollandiya, Yaqin Sharq mamlakatlari o‘zlarining energiya tashuvchilarini nemislar uchun qulay shartlarda yetkazib berishga tayyor emaslar.
U o‘z so‘zida Germaniya iqtisodiyoti muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin edi, lekin ular Rossiya uglevodorodlaridan "takabburlik bilan" voz kechganini qo‘shimcha qildi.