FIFA prezidenti Infantinoga ham maxsus futbolka sovg‘a qilindi — foto

FIFA prezidenti yoshlarni Osiyo chempionligi bilan samimiy tabriklab, Argentina maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida omad tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Bugun Janni Infantino FIFA ko‘magida Toshkent viloyatida qad rostlayotgan O‘zbekiston Terma jamoalari markazini ko‘zdan kechirish uchun qurilish maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
FIFA rahbariga mazkur bazadan o‘rin olgan obyektlar xususan, 4 ta gibrid futbol maydoni, 280 o‘rinli mehmonxona, yopiq basseyn, ilmiy-metodik markaz, tibbiy punkt, restoran va konferenszallari loyihasi haqida ma’lumot berildi.
Djanni Infantino
Tashrif davomida futbolchilar istiqomat qiladigan mehmonxonaning yangi binosiga birinchi poydevor quyish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Djanni Infantino
Janni Infantino ushbu baza ko‘p yillar O‘zbekiston terma jamoalarining muvaffaqiyatiga xizmat qilishiga tilak bildirdi.
Djanni Infantino
Shuningdek, Osiyo kubogida zafar quchgan O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Djanni Infantino
FIFA prezidenti yoshlarni Osiyo chempionligi bilan samimiy tabriklab, Argentina maydonlarida o‘tkaziladigan Jahon chempionatida omad tiladi.
Djanni Infantino
Janni Infantinoga yoshlar terma jamoasining maxsus futbolkasi topshirildi.
Mavzuga doir:
"Mirziyoyev 24" — FIFA rahbari prezidentga futbolka sovg‘a qildi.
FIFA prezidenti Infantino O‘zbekistonda: u qanday tadbirlarda ishtirok etmoqda? — video.
FIFA prezidenti Janni Infantino yosh futbolchilar bilan uchrashdi — foto.