TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti mamlakatimizda FIFAning yirik tadbirlarini o‘tkazishni taklif etdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev va Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino ishtirokidagi uchrashuvda ma’lum qilindi.
Uchrashuvda mamlakatda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Janni Infantino mamlakatda futbolni rivojlantirish islohotlarini yuksak baholadi va to‘liq qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA o‘rtasidagi hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda O‘zbekistonda zamonaviy futbol klasterini tashkil etish choralari ko‘rilayotgani alohida qayd etildi.
O‘zbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assotsiatsiya salohiyatini oshirishga texnik ko‘makni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Uchrashuvda Janni Infantino prezidentga "Mirziyoyev 24" raqami tushirilgan futbolka taqdim etdi. Ma’lumot uchun Shavkat Mirziyoyev "24" iyul sanasida tug‘ilgan.
Shavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bugungi kunda futbolkadagi raqamlar yordami bilan muxlislar, murabbiylar, hakamlar maydondagi o‘yinchilarni farqlaydilar. Futbolchilar o‘z raqamlarini 1 dan 99 gacha tanlashadi.