FIFA prezidenti Infantino O‘zbekistonda: u qanday tadbirlarda ishtirok etmoqda? — video

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
"Mirziyoyev 24" — FIFA rahbari prezidentga futbolka sovg‘a qildi.
Janni Infantino "Grassroots" futbol festivalida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyada bo‘ldi. Shuningdek, viloyat futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari bilan ham uchrashdi va “Humo Arena”ga bordi.
Delegatsiya tashrif davomida FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Terma jamoalar bazasini ham ("Do‘stlik") ko‘zdan kechiradi.
Qayd etilishicha, delegatsiya O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishadi hamda mamlakatda futbolni yanada rivojlantirishga oid hamkorlik loyihalarini muhokama qiladi.