Charlz III rasman qirol bo‘ldi — video

Marosimda Angliya cherkovining rahbari, Kenterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi suverenning boshiga Avliyo Edvard tojini kiydirdi.
Sputnik
TOShKENT, 6-may — Sputnik. Charlz III rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli bo‘ldi. Marosim Sky News telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.
Marosim ikki soat davom etdi. Marosimda Angliya cherkovining rahbari, Kenterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi suverenning boshiga Avliyo Edvard tojini kiydirdi. Shundan so‘ng, Londonda qurolli salyut yangradi.