Charlz III va qirolicha Konsorti Kamillaning toj kiyish marosimi qanday o‘tdi — foto

Charlz III rasman Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli bo‘ldi. Toj kiyish marosimidagi eng yorqin onlar - Sputnik fototasmasida.
Sputnik
Bugun Londondagi Vestminster abbatligida Charlz III va qirolicha Konsorti Kamillaning toj kiyish marosimi o‘tkazildi. U ikki soat davom etdi.
Marosimda 2 mingdan oshiq mehmon jumladan, qirollik oilasi a’zolari, turli davlat vakillari, shuningdek, jamoat va xayriya arboblari ishtirok etdi.
Marosimda Angliya cherkovining rahbari, Kenterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi suverenning boshiga Avliyo Edvard tojini kiydirdi. Charlz III 1066-yildan beri Vestminster abbatligida taxtga o‘tiradigan 40-chi hukmron monarx bo‘ldi.
1 / 18

Angliya cherkovining rahbari, Kenterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi suverenning boshiga Avliyo Edvard tojini kiydirdi.

2 / 18

Bukingem saroyidan Vestminster abbatligigacha bo‘lgan yo‘nalish. Yo‘lning uzunligi 2,29 kilometrga teng. Suratda 200 nafar askar, saroy otliqlari tasvirlangan.

3 / 18

Qirollik niqoblarini kiygan xayrixohlar Bukingem saroyidan Vestminster abbatligigacha bo‘lgan ikki kilometrlik qirollik yurishi yo‘nalishi bo‘ylab Britaniya qiroli Charlz III va Britaniya qirolichasining o‘tishini kutishmoqda.

4 / 18

Qirollik korteji Bukingem saroyidan Vestminster abbatligiga toj kiyish marosimi uchun yetib kelmoqda.

5 / 18

17-asrdagi Avliyo Edvard toji.

6 / 18

Xayrixohlar yomg‘irdan panoh topib, "Qirollik kortejini" kutishmoqda.

7 / 18

Britaniya qiroli Vestminster abbatligiga Buyuk G‘arbiy eshik orqali kirmoqda.

8 / 18

Qirol Charlz niqobini kiygan ayol kortejni ko‘rish uchun Trafalgar maydonida kutmoqda.

9 / 18

Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamilla.

10 / 18

Angliya cherkovining rahbari, Kenterberi arxiyepiskopi Jastin Uelbi.

11 / 18

Shahzoda Lui i malika Sharlotta.

12 / 18

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak va uning rafiqasi Akshata Merti.

13 / 18

Uels shahzodasi va malikasi toj kiyish marosimiga kelishdi.

14 / 18

Kamilla uchun toj kiyish marosimi.

15 / 18

Trafalgar maydoni yaqinidagi olomon Vestminster abbatligida toj kiyish marosimi oldidan yomg‘irdan panoh topmoqda.

16 / 18

Britaniya shahzodasi Garri.

17 / 18

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson.

18 / 18

Britaniya qiroli Charlz III.