TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkentda yangi bank “Yangi Bank” ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar qildi.
Markaziy banki boshqaruvi “Yangi Bank” aksiyadorlik jamiyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
O‘zbekistonda 35 ta bank ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Markaziy bank mart oyida ikkita yangi bank – “Apex Bank” va “Hayot Bank”ni ro‘yxatgan o‘tkazgan edi. O‘tgan yil dekabrida esa “Smart Bank” faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan edi.