Namanganda pilla mavsumi boshlandi — foto

Ayni vaqtda pilla 140 ta fermer xo‘jaligi va 100 nafar kasanachilik asosida parvarish qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Namangan viloyatining Norin tumanida pilla mavsumi boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Norin tumanida joylashgan “Norin Agropilla” MChJ pillakorlari ipak qurti hosilini boshlashdi.
Ayni vaqtda pilla 140 ta fermer xo‘jaligi va 100 nafar kasanachilik asosida parvarish qilinmoqda.
Bu yili Namangan viloyati pillakorlari tomonidan 37 174 quti ipak qurti parvarish qilinib, 2 156 tonna pilla hosili olinadi. Soha rivoji ortida 100 mingdan ortiq fuqaro bandligi ta’minlanadi.
Pillachilikda o‘ziga xos maktab yaratgan Norin tumani pillakorlari 3522 quti ipak qurti parvarishlab, 204 tonnadan ortiq “kumush tola” hosili olishni rejalashtirgan.