TOShKENT, 5-may — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 uchun pandemiya maqomini bekor qiladi. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus ma’lum qildi.
Gebreyesus so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha qo‘mitasi jamoat sog‘liqni saqlash vazirligi sohasidagi koronavirus sabab e’lon qilingan faqulodda holatni bekor qilishni tavsiya qilgan.
“Men rozi bo‘ldim. Shu bois katta umid bilan e’lon qilamanki, COVID-19 endi sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat maqomiga ega emas”, - dedi u.
JSST rahbarining aniqlik kiritishicha, 2020-yildan buyon rasman 7 millionga yaqin kishi COVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
“Biroq real raqamlar bundan ancha yuqori. Biz kamida 20 million o‘lim holatini nazarda tutapmiz”, - dedi Gebreyesus.
2023 yil 4-may holatiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 765 milliondan ortiq koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgan.
2019 yil dekabrida SARS-CoV-2 virusi bilan kasallanish avj olishi Xitoyning Uxan shahrida kuzatilgan edi. 2020-yil 30-yanvar kuni JSST bu kasallik tarqalishini xalqaro ahamiyatga ega jamoat sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda holat, 11-mart kuni esa pandemiya deb e’lon qildi. COVID-19 pandemiyasi 3-yil 1 oy va 24 kun davom etdi.