TOShKENT, 5-may — Sputnik. Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8-10 daraja iliq, kunduzi +25-27 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8-13 daraja, kunduzi +18-23 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 22-25 m/s gacha, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8-13 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8-13 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatining ayrim joylarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda 22-25 m/s gacha, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12-17 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim hududlarda 22-25 m/s gacha, joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12-17 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +8-13 daraja, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3-8 daraja, kunduzi +13-18 daraja iliq bo‘ladi.