TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Lazizbek Mullojonov g‘alabaga erishdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi ma’lum qildi.
Bugun ringga ko‘tarilgan Lazizbek Mullojonov ilk jangini kolumbiyalik raqibga qarshi o‘tkazdi va 5:0 hisobida g‘alabaga erishdi.
-92 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Lazizjon Mullojonov ham chempionlik uchun katta qadam tashladi. U ilk jangida kolumbiyalik Marlo Xartado ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.