Boks bo‘yicha jahon chempionati — 2023

Boks bo‘yicha JCh: Abdumalik Xalokov gayanalik raqibini mag‘lub etdi

-57 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Toshkentdagi jahon chempionatida birinchi jangini o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kun bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
2021 yilgi jahon chempionatining finalchisi Abdumalik Xalokov ham Toshkentdagi jahon chempionatida birinchi jangini o‘tkazdi.
-57 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi dastlabki bellashuvda Gayana vakili Kevin Alikokni mag‘lubiyatga uchratib, keyingi davraga yo‘l oldi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7
Avvalroq bugun ringga ko‘tarilgan Lazizbek Mullojonov ilk jangini kolumbiyalik bokschiga qarshi o‘tkazgani va g‘alabaga erishgani xabar qilingan edi.