Zaxarova Kiyevning barcha xatti-harakatlari uchun G‘arb javob berishini ma’lum qildi

Rossiya TIV rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari “Ukrainadagi qonuniy hokimiyatni yo‘q qilgan, hokimiyat tepasiga tavakkalchi va banditlarni qo‘ygan.
Sputnik
TOShKENT,4 may — Sputnik. Vashington, London va NATO mamlakatlari Kiyev rejimining barcha xatti-harakatlari uchun javob berishadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.

“Kiyev rejimi qilayotgan barcha ishlar uchun birinchi galda uning Vashington, London va umuman NATO yaratuvchilari va kuratorlari javob berishadi”, - deya yozdi Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida.

Diplomatning ta’kidlashicha, G‘arb mamlakatlari “Ukrainadagi qonuniy hokimiyatni yo‘q qilgan, hokimiyat tepasiga tavakkalchi va banditlarni qo‘ygan, ularni pul va qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan, xohlagan ishini qilishi mumkinligi va jazosiz qolishi hissini uyg‘otgan, siyosiy boshpana va harbiy hamrohlik bilan ta’minlagan”.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot xizmati tunda Kiyev Rossiya yetakchisi qarorgohi Kremlga uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida zarba berishga uringanini ma’lum qildi. Ikkita dron Kreml tomon yo‘l olayotgan bo‘lgan. Rossiya harbiylari va maxsus xizmatlari zudlik bilan ularni yo‘q qilishgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin jabrlanmagan va odatdagidek ishlashda davom etmoqda.
Moskva Kiyevning bu xatti-harakatini rejalashtirilgan terakt va davlat rahbariga suiqasd deb baholadi. Rossiya qachon zarur deb hisoblasa, bunga javob qaytirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Mavzuga oid:

Deputatlar “terrorchi Kiyev rejimiga” qarshi qurol qo‘llashni talab qilishadi - Volodin
Volodin Zelenskiy rejimi bilan muzokaralar o‘tkazib bo‘lmasligini ma’lum qildi