Ukrainada tinchlik o‘rnatilishi uchun Tramp qaytishi kerak — Orban

Vengriya bosh vaziri Trampning prezident sifatida qaytishi Ukrainada tinchlik o‘rnatish uchun zarur deb hisoblaydi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning Oq uyga qaytishi Ukrainada tinchlik o‘rnatilishiga ko‘maklashgan bo‘lardi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Ishonchim komilki, agar janob Tramp prezident (AQSh) bo‘lganida, bugun hech qanday urush Ukraina va Yevropani parchalab tashlamasdi. Qaytib keling, janob prezident, Amerikani yana buyuk qiling va bizga tinchlik keltiring!”, - dedi Orban Budapeshtdagi Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida.

Vengriya bosh vaziri, shuningdek, Yevropada ham, Amerikada ham xalqlar "liberal-progressiv laboratoriyalarda ishlab chiqilgan virus" tomonidan hujumga uchrayotganini ta’kidladi.
Orbanning so‘zlariga ko‘ra, “ilg‘or deb ataluvchi tashqi siyosat bizni doim urushga tortadi”.

“Men bir nechta shunday rangli inqiloblarni ko‘rganman. Bu erkinlik haqidagi bayonotlar bilan boshlanib, liberal progressiv qayta tarbiyalash va shaxsni takomillashtirish bilan davom etdi va oxir-oqibat mamlakatlarda tartibsizlik, sarosimalar va sharmandalik qoldi ", - dedi u.

Avvalroq Orban Ukrainada tinchlik faqat Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng o‘rnatilishi mumkinligini, Yevropa esa Minsk kelishuvlarini bajara olmagani uchun vositachilik imkoniyatini boy berganini aytgandi.