Ukraina doni Yevropa bozorini barbod qildi — Vengriya TIV

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto: Ukraina doni Afrikaning o‘rniga Yevropaga keldi va bozorni barbod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ukrainadan don eksport qilishda Brusselga ishonish mumkin emas ekan, chunki u Afrika va Yaqin Sharq o‘rniga Yevropada qoldi va Yevropa bozorini barbod qildi. Bu haqda Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

“Vaziyat shunday: juda aniq kelishuv va Yevropa tomonidan qo‘yilgan juda aniq maqsad bor edi, Yevropa Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Afrika va Yaqin Sharqqa eksport qilishga hissa qo‘shadi, bu mahsulotlarni qayerda kutishmoqda, ular qayerda muhim. Va nima bo‘ldi? "Birdamlik yo‘laklari" ishga tushirilgach, Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlari aslida Markaziy Yevropaga yetib keldi va u yerda qoldi”, - dedi Peter Siyarto.

Uning aytishicha, Afrikani ta’minlash o‘rniga ular Markaziy Yevropa ishlab chiqaruvchilari va fermerlar ishini vayron qilgan.
"Shunday qilib, bunday muhim masalalarda Brusselga ishonish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid:

Vengriya Ukrainadan don, go‘sht va sabzavotlar importini taqiqladi
Sharqiy Yevropa davlatlari Ukrainadan oziq-ovqat importini cheklamoqda – OAV