Toshkentda "Anna Karenina" romaniga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochiladi — tafsilotlar

Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar qoralama qo‘lozmalar, o‘lim epizodi va roman finalidagi tuzatishlarni ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkentdagi Yoshlar markazida 11-may kuni “Anna Karenina” – mukammallik bor” ko‘rgazmasi ochiladi. Bu haqda L.N. Tolstoy Davlat muzeyi matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qildi.
Lev Tolstoy Davlat muzeyi “Anna Karenina” romaniga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etadi.
Ekspozitsiya Kinofestivallar va xalqaro dasturlar markazining “Rus tili madaniy kod va millatlararo muloqot tili sifatida” loyihasi doirasida o‘tkaziladi.
Fragment illyustratsii A.V. Vanetsiana k 'Anne Kareninoy'.
Ta’kidlanishicha, ko‘rgazmada Aram Vanetsian, Orest Vereyskiy, Vsevolod Medvedev, Konstantin Rudakov, Aleksandr Samoxvalov va boshqalarning yorqin illyustratsiyalari namoyish etiladi.
Turli vaqtlarda yaratilgan illyustratsiyalar texnikasi, uslubi jihatidan farq qiladi, ammo ularning barchasi - Tolstoy dunyosining badiiy qarashlarining iste’dodli va rang-barang timsolidir.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar qoralama qo‘lozmalarni ko‘rishlari mumkin: dastlabki nashrlar, Kareninaning o‘limi epizodining so‘nggi nashri va roman finalining korrekturasi. Muallif tomonidan tashlab yuborilgan bu qoralamalar tashqaridan o‘qish uchun mo‘ljallanmagan.
Xabarda aytilishicha, ko‘rgazma, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi.
U 16-maygacha davom etadi va keyin Toshkentdagi Rus uyiga tuhfa qilinadi.
Ma’lumot uchun, "Anna Karenina" - jahon adabiyotining klassikasi, Lev Tolstoy tomonidan yozilgan roman. 1873-yil mart oyida Tolstoy besh kun ichida Anna Kareninaning birinchi qoralama versiyasini yaratadi. Ko‘pgina sirlar roman qoralamalari bilan bog‘liq.