Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

"So‘nggi qadam". AQShda Ukrainadagi mojaro tez orada tugashi haqida aytilmoqda

Amerikalik huquq himoyachisi Baraka Ukrainadagi mojaro yaqin orada tugashi haqida aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Ukrainadagi mojaro, Kiyevning qarshi hujumga o‘tishga umidsiz urinishiga qaramay, deyarli yakuniga yetdi, deb yozdi amerikalik huquq himoyachisi Ajamu Baraka Twitter’da.

"Media korporatsiyalarning AQShdagi Ukraina mojarosini yoritishi nafaqat axloqsiz, balki yanglishtirmoqda. Ukrainadagi urush deyarli yakuniga yetdi, Kiyevning qarshi hujumni boshlash haqidagi so‘nggi umidsiz qarori esa muvafaqqiyatsizlikka uchraydi. Buni amerikaliklardan tashqari hamma biladi”, - deydi u.

Baraka AQSh va Yevropa Ittifoqini tashqi siyosati uchun ko‘p marta tanqid qilgandi. Unga ko‘ra, Vashington va Brussel Donbass bo‘yicha Minsk kelishuvlaridan Moskva bilan mojaroga tayyorgarlik ko‘rish uchun hiyla sifatida foydalangan. U Amerika Ukrainadan geosiyosiy ambitsiyalarini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan to‘p yemi sifatida foydalanmoqda.