“O‘zkimosanoat”ga yangi rahbar tayinlandi

"O‘zkimoimpeks" MChJ direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Timur Muhamedjanov "O‘zkimosanoat"ga rais bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Timur Muhamedjanov "O‘zkimosanoat" AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar Muhamedjanov "O‘zkimoimpeks" MChJ direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Bungacha “O‘zkimosanoat” rahbari vazifasini Yevgeniy Korjikov vaqtinchalik bajarib kelayotgan edi.