TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning navbatdagi yilligi munosabati bilan “Askarlar maktublari” kitobi nashr etildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.
Kitob “O‘zarxiv” agentligida qariyb 80-yil saqlangan Ulug‘ Vatan urushi frontlaridan respublika mahalliy aholisining maktublari asosida yaratilgan.
“360 betdan ortiq kitobni to‘ldirishga bir yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi. Har bir maktub rus va o‘zbek tillarida chop etilgan”, - deyiladi xabarda.
Agentlik axborot xizmati rahbari Anvar Aliyevning so‘zlariga ko‘ra, “bu maktublarda askarlarning qarindoshlari va yaqinlariga bo‘lgan iliq va samimiy so‘zlari, tilaklari yozilgan.
Shuningdek, maktublardan askarlarning janglarda ko‘rsatgan qahramonliklari va dushmanning nafratini, eng muhimi, g‘alabaga bo‘lgan ishonchini bilib olish mumkin.
Nashrning taqdimoti mamlakatning turli maskanlarida, jumladan, 5-maydan boshlab “Xotira - abadiy, inson qadri - muqaddas” fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadigan Davlat tarix muzeyida bo‘lib o‘tadi.