Ozarbayjon kompaniyasi Toshkentda lift ishlab chiqarish korxonasini qurmoqchi

Ozarbayjon tomoni bilan O‘zbekistonda lift ishlab chiqarish korxonasini qurish masalasini muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 4-may — Sputnik. Toshkent shahar Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Azizxon Shavkatov Ozarbayjondan tashrif buyurgan O‘zbekistonning Ozarbayjondagi Savdo uyi hamda “Aki Inter Group UK Ltd” kompaniyasining rahbariyati bilan uchrashdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kompaniya bosh direktori va asoschisi Kenan Djalilov uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, qator takliflari borligini bildirdi.
Taraflar qurilish, O‘zbekistonda liftlarni ishlab chiqarish korxonasini qurish, axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohalarida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Shuningdek, mehmonlar poytaxt hokimligi huzurida tashkil qilingan Vaziyatlar markazining faoliyati va imkoniyatlari bilan tanishishdi.
Uchrashuv yakunida amaliy muloqotlar davom etishiga kelishib olindi.